» » O‘tgan bir sutka davomida Xitoyda 19 kishi koronavirus yuqtirib oldi

O‘tgan bir sutka davomida Xitoyda 19 kishi koronavirus yuqtirib oldi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, mamlakatda so‘nggi bir sutka ichida 19 kishi koronavirus bilan kasallangan.

Koronavirusni yuqtirib olganlarning 17 nafari Xubey provinsiyasidan, shuningdek, Pekin va Guandunda ham ikki kishi virusni o‘ziga yuqtirib olgan. So‘nggi ikki holatda gap mamlakatga xorijdan kelgan bemorlar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, oxirgi bir sutka ichida 17 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Ularning barchasi — Xubey aholisi.

Epidemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 80 754 kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ularning 3136 nafari vafot etgan. 59 897 nafar bemor davolanishga muavaffaq bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 112 427 kishi koronavirus bilan kasallangan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni esa 63 578 kishini tashkil etmoqda. Xitoydan tashqarida kasallik qurbonlari eng ko‘p Italiya (463), Eron (237), Janubiy Koreya (51), AQSh (24) va Fransiyada (19) qayd etilgan.

Mavzuga doir:

Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi koronavirus eng kamida 2020-yilning iyun oyiga qadar tarqalishda davom etishini e’lon qildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют