» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80,1 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80,1 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha yangi 125 ta holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Shunday qilib 2019-yilning dekabridan buyon koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 151 kishiga yetgan.

Virus oqibatida 31 kishi vafot etgan bo‘lib, ularning barchasi virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan. Shu kungacha jami vafot etganlar soni 2943 kishini tashkil etmoqda. So‘nggi bir sutka ichida 2742 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Virusni yuqtirib olganlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 40,6 ming odam tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida qolmoqda.

Xitoydan tashqarida 151 kishida kasallik aniqlangan: 100 nafari Gonkongda (bir kishi vafot etgan), 41 nafari Tayvanda (bir kishi o‘lgan) va o‘n kishi Makaoda.

Mavzuga doir:

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют