» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,8 ming kishidan oshdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,8 ming kishidan oshdi


So‘nggi bir sutka ichida Xitoyda 47 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Vafot etganlarning 45 nafari Xubey provinsiyasidan, qolgan ikki holat esa Xenan va Pekinda qayd etilgan.

Shunday qilib koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 2835 kishiga yetdi. Mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni 79 ming kishidan oshgan, 39 ming bemor esa davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari Janubiy Koreyada avj olmoqda. Mamlakat hukumatining ma’lum qilishicha, oxirgi 24 soat davomida 594 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar osni 2931 kishini tashkil etmoqda. Uzbekistan Airways 1-martdan boshlab Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют