» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 ming kishidan oshib ketdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 ming kishidan oshib ketdi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, mamlakatda so‘nggi bir sutka ichida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 427 kishiga ortgan. Bu undan oldingi kunga nisbatan 100 kishiga ko‘p demakdir.

Shu bilan birga, Xubey provinsiyasidan tashqari to‘rt kishidagina virus aniqlangan bo‘lib, bu so‘nggi haftalardagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘tgan bir sutka davomida koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 47 kishini tashkil etdi. Ularning 45 nafari Xubey provinsiyasi, qolgan ikki nafari esa Xenan va Pekin provinsiyalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 2885 kishiga bir vaqtning o‘zida shifoxonadan javob berilgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 mingdan oshib ketdi, 36 mingdan ortiq odam davolanishga erishgan.

Janubiy Koreya hukumatining ma’lum qilishicha, oxirgi 24 soat davomida 594 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar osni 2931 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 28-fevralning asosiy xabarlari

Yevropa davlatlarida koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakat — Italiya (888 nafar bemor). Eronda 388 kishida virus aniqlangan bo‘lsa, Yaponiyada bemorlar soni 226 nafarga yetgan. Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют