» » Koronavirus aniqlangan amerikalik aktyor Tom Xenks ahvoli qandayligini ma’lum qildi

Koronavirus aniqlangan amerikalik aktyor Tom Xenks ahvoli qandayligini ma’lum qildi


Koronavirus infeksiyasi aniqlangan amerikalik aktyor Tom Xenks sog‘lig‘i qandayligi haqida o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Salom do‘stlar, men va Rita Uilson (aktyorning rafiqasi) hozirda bizga g‘amxo‘rlik qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Bizda COVID-19 aniqlandi va kasallik boshqalarga tarqamasligi uchun karantindamiz”, — deb yozgan aktyor. Shuningdek, virus bilan kurashish uchun odamlar shifokor va mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilishlari kerakligini ta’kidlagan.

pic.twitter.com/N80c1tSSxE

— Tom Hanks (@tomhanks) March 13, 2020

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyaga safar qilgan Tom Xenks va uning rafiqasi Ritada 12-mart, payshanba kuni, koronavirus aniqlangandi. Ular G‘arbiy Avstraliyaning Gold-Kost shahridagi kasalxonada karantinga joylashtirilgan. Tom Xenksning o‘g‘li o‘zining Instagram’ida ota-onasiga hammasi joyida ekanligi va kasallikdan unchalik ham tushkunlikka tushishmaganini bildirgan.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi dastlab 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinchalik kasallanish holatlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Rossiya, Kanada, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya, Nepal va boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi.

Mart oyi boshlarida Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliyada vafot etgan odamdan tashqari yana 24 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan, ulardan 9 nafari sayohat kemasidan evakuatsiya qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют