» » Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi

Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida fuqarolarga koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishni tavsiya qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Turkmaniston aholisi isiriqdan muntazam foydalanib keladi bu — ularni turli kasalliklardan himoyalashiga ishonishadi.

Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, turkmanlar ming yillar davomida turli yomon illatlar va yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktikaning an’anaviy usullarini yaratib, uning samaradorligini isbotlab bergan. “Bizning donishmand ota-bobolarimiz an’analarga rioya qilgan: muhim tadbirlar, masalan, yangi uyga ko‘chib o‘tish, to‘y marosimlari, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqaladigan yilning turli mavsumlarida isiriq tutatgan”, — deydi Berdimuhamedov.

Davlat rahbarining qayd etishicha, hozirda ham isiriqdan foydalanish an’anasi saqlanib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isiriq tutuni inson organizmiga turli viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Turkmaniston prezidentining fikricha, xalqning ushbu an’anasi bo‘yicha ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish kerak.

Ta’kidlash kerakki, Turkmanistonda koronavirus bilan kasallangan birorta fuqaro aniqlanmagan. Nashr mualliflarining yozishicha, isiriq tutunining samarasini tasdiqlovchi ilmiy isbot mavjud emas.

Mavzuga doir: Rezonans: Sog‘liqni isiriq bilan saqlash – normal hodisami?

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov “Human.uz”ga bergan intervyusida koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri binoni isiriq bilan tutatgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют