» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanaliga tayanib, “Sof.uz” xabar berdi.

Qonunga muvofiq 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilangan.

Jumladan, Komissiya O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi. Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Mavzuga doir: Fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 24-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qo‘yish va mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq O‘zbekiston fuqarosi maqomini olmagan insonlar muammosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini qayd etgandi. Fevral oyining oxirida esa Oliy Majlis Senati yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qullagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют