» » Kobulda Prezident saroyi oldida yuz bergan terakt oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Kobulda Prezident saroyi oldida yuz bergan terakt oqibatida besh kishi halok bo‘ldi


Kobulning Prezident saroyi va Mudofaa vazirligi binosi joylashgan dahasidagi portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, Puli Mahmud Xon dahasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgan.

Reuters agentligining mamlakat Mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berishicha, qurbonlar orasida kamida bir nafar tinch aholi vakili va ikki politsiyachi bor.

Avvalroq mazkur portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют