» » Ilon Mask amerikaliklarning avtohalokat oqibatida vafot etishi ehtimoli koronavirusdan o‘lishdan yuqoriroq ekanini aytdi

Ilon Mask amerikaliklarning avtohalokat oqibatida vafot etishi ehtimoli koronavirusdan o‘lishdan yuqoriroq ekanini aytdi


SpaceX aerokosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla rahbari Ilon Mask SpaceX xodimlariga COVID-19 koronavirusi ularga zarar yetkazishiga shubha bildirgan maktub yozdi, deb xabar berdi “RBK”.

Maskning fikricha, kompaniya xodimlari pandemiyadan aziyat chekishdan ko‘ra, avtohalokatda halok bo‘lish ehtimoli kuchliroq.

Mask o‘z murojaatida koronavirus haqidagi u ko‘rgan ma’lumotlar kasallikning AQSh fuqarolari salomatligiga xavf soladigan narsalar ro‘yxatining hatto dastlabki o‘ntaligiga ham kirmasligi haqida fikr uyg‘otadi.

“Koronavirusdan o‘lish xavfi uyga ketayotib avtohalokatda halok bo‘lish imkoniyatidan ancha past”, — deydi Mask. Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan o‘lim holatlarining 36 tasiga AQShda avtohalokatlarda halok bo‘lgan 26 mingga yaqin kishi to‘g‘ri keladi.

Shunga qaramay, Mask kompaniya xodimlaridan agar o‘zlarini yomon his etayotgan bo‘lsa, uyda qolishlarini so‘radi.

Jon Xopkins universiteti tibbiy xavfsizlik markazining katta ilmiy xodimi Amesh Adalja Mask tomonidan berilgan taqqoslashni noto‘g‘ri deb atadi. Kaliforniya universiteti epidemiologiya kafedrasi dotsenti Brendon Braun ham xuddi shunday fikrni bildirdi. U Maskning mantig‘ini “ahmoqona” deb atadi.

Ilon Mask avval ham koronavirus atrofidagi vahimani ahmoqlik deb atagan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Birozdan so‘ng Donald Tramp mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilinganini bildirdi.

Mavzuga doir: Donald Tramp koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют