» » Abdulla Aripov: “Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n baravar oshirdik”

Abdulla Aripov: “Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n baravar oshirdik”


15 mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlagan matbuot anjumanida mamlakatda aholini tibbiy niqoblar bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini bildirgan.

“Ikki oy avval tibbiy himoya vositalari O‘zbekistonda chiqarilmas edi. Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun himoya kombinezonini ikki oy ichida nafaqat chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, balki ikki marta Xitoyga ham jo‘natdik, ertaga Eronga yuboramiz va o‘zimizda yetarli miqdorda zaxira mavjud.

Niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n barobarga oshirdik. Eng muhimi, ishlab chiqarilgan tibbiy niqob va boshqa kerakli buyumlarni chet elga eksport qilish to‘xtatiladi. Ya’ni ularning hammasi ichki bozorga buriladi. Niqoblarni eski narxiga qaytarish bo‘yicha ishlaymiz”, — dedi Abdulla Aripov.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, matbuot anjumanida 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinishi, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilinadi (lekin to‘ylarni o‘tkazish mumkin). Fuqarolarga odam gavjum bo‘ladigan joylarga borishdan tiyilish tavsiya qilinmoqda. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarga majlislar o‘tkazishni to‘xtatish haqida topshiriq berildi, diniy tashkilotlarga esa hukumat diniy yig‘inlarni to‘xtatib turish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Karantin vaqtida narx-navoni, ayniqsa, dori-darmon va tibbiyot vositalari narxini asossiz oshirganlarga keskin choralar ko‘riladi, bu jarayonga Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют