» » Buxoro tungi klublarida 3 kun davomida o‘tkazilgan reydlarda fohishalik bilan shug‘ullanish bo‘yicha 5 ta holat aniqlandi

Buxoro tungi klublarida 3 kun davomida o‘tkazilgan reydlarda fohishalik bilan shug‘ullanish bo‘yicha 5 ta holat aniqlandi


Buxoro viloyati IIB, Milliy gvardiya, Mahalla, Yoshlar Ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 9—11-mart kunlari tungi vaqtlarda Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, viloyatning barcha tumanlari hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tungi klub, kafe-bar, restoran, chilimxona va boshqa ko‘ngilochar joylarda tungi reydlar o‘tkazildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 330 nafar shaxs ichki ishlar bo‘limlariga olib kelingan. E’tiborlisi, ularning 100 dan ortig‘ini qiz bolalar tashkil qildi, deyiladi xabarda.

Tungi ko‘ngilochar joylarda yurgan yosh o‘g‘il-qizlar bilan Yoshlar Ittiqofi va psixolog xodimlar tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy yashash sharoitlari, nima sababdan bemahalda (tungi soatlarda) bunday joylarda yurganliklari o‘rganildi. Xodimlar tomonidan ularning barmoq izlari olinib, viloyat hududida sodir etilib, ochilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqador yoki yo‘qligi, qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatlaridan tekshirildi.

Tungi klub va boshqa ko‘ngilochar joylar egalari hamda mas’ullariga voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etmaslik, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirilib, ogohlantirish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasida ko‘rsatilgan 4 ta (voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) huquqbuzarlik hamda 5 ta fohishalik bilan shug‘ullanish holati aniqlandi.

Mavzuga doir: Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют