» » Samarqanddagi tungi klublarda rеyd o‘tkazildi (vidеo)

Samarqanddagi tungi klublarda rеyd o‘tkazildi (vidеo)


Samarqand huquq-tartibot muassasalari tomonidan bir qator tungi klub, restoran va internet-kafelarda reyd o‘tkazildi. Tungi reyd natijasiga ko‘ra, ayrim yoshlar kechki vaqtini asosan kafe-barlarda chilim chekish bilan o‘tkazayotgani, hattoki spirtli ichimlik iste’mol qilayotgani aniqlangan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Voyaga yetmagan yoshlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bo‘lishi, balki bu muassasalarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ham qayd etilgan. Ana shunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruvlarda mehnat qonunchiligi, sanitar me’yorlar buzilgani qayd etildi. Le Grand tungi klubida esa klub rahbariyati raqqosa qizlarni turli behayo mazmundagi qo‘shiqlarga yarim-yalang‘och holda raqs tushishiga yo‘l qo‘ygan.

Reyd joriy yilning 6-sentabridan 7-sentabriga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi internet va tungi klublarda ota-onasining nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют