» » RPL. “Rostov” o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazdi, Oston O‘runov jamoasi Moskva klubidan ochko tortib oldi

RPL. “Rostov” o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazdi, Oston O‘runov jamoasi Moskva klubidan ochko tortib oldi


Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 22-turida “Rostov” 15-mart, yakshanba kuni “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Uchrashuvda “temiryo‘lchilar” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Lokomotiv”ning gollariga Sergey Pesyakov (34), Rifat Jemaletdinov (38) va Gjegok Krixovyak (42) muallif bo‘ldi. Rostovlikning yagona goli 64-daqiqada Ivelin Popov tomonidan kiritildi. Mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa “Lokomotiv” ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Valeriy Karpin shogirdlari (38) esa 4-pog‘onada qolib ketdi.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi — Oston O‘runov harakat qilayotgan “Ufa” safarda SSKA bilan bahs yuritib, nursiz durangga erishdi. Uchrashuvda Oston to‘liq harakat qildi.

RPL

22-tur bahslari

15-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 – 47 Noboa, 2:0 – 90 Mostovoy.

Gollar: 0:1 – 34, avtogol Pesyakov, 0:2 – 38 Jemaletdinov, 0:3 – 42 Krixovyak, 1:3 – 64, penalti Popov.

“Rostov”: Pesyakov, Hajikadunich, Kozlov, Osipenko, Chernov, Bayramyan (Saplinov, 86), Normann, Zaynutdinov (Dolgov, 87), Yeremenko, Popov, Shomurodov.

“Lokomotiv”: Gilyerme, Ignatyev, Kverkveliya, Hevedes, Ribus, Miranchuk, Krixovyak, Joau Mariu (Magkeyev, 73), Barinov, Jemaletdinov (Idovu, 82), Eder.

Ogohlantirishlar: Hajikadunich (54), Normann (86), Barinov (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют