» » Usmonxon Alimov juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qishni tavsiya qildi — video

Usmonxon Alimov juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qishni tavsiya qildi — video


O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan mamlakat musulmonlariga murojaat va chaqiriq bilan chiqdi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning murojaatida shunday deyiladi:

Qayd etilishicha, ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlari hamda boshqa o‘lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

Mavzuga doir: Hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qildi

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyevning aytishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan olti bemorning ahvoli qoniqarli.

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-martga o‘tar kechasi COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni yana uch nafarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Ulardan biri 15-mart kuni tongda Istanbuldan qaytgan erkak bo‘lsa, qolgan ikki nafari birinchi bemor — 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolning o‘g‘li va qizi ekani ma’lum qilingan edi. Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют