» » O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob beruvchi Call-markaz ish boshladi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob beruvchi Call-markaz ish boshladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

“Koronavirus infeksiyasi yoki o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib, mutaxassislardan tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalarni olishingiz mumkin. Call-markaz tun-u kun xizmatingizda bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyevning aytishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan olti bemorning ahvoli qoniqarli.

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-martga o‘tar kechasi COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni yana uch nafarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Ulardan biri 15-mart kuni tongda Istanbuldan qaytgan erkak bo‘lsa, qolgan ikki nafari birinchi bemor — 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolning o‘g‘li va qizi ekani ma’lum qilingan edi. Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют