» » Huawei O‘zbekistonga koronavirus tarqalishini bartaraf etishda ko‘maklashmoqda

Huawei O‘zbekistonga koronavirus tarqalishini bartaraf etishda ko‘maklashmoqda


Dunyoni koronavirusning eng yangi shtammi bo‘lgan COVID-19 junbushga keltirmoqda. Ushbu virus va unga qarshi kurashish raqamli dunyoning birinchi pandemiyasi sifatida tarixga kirsa ajabmas. Garchi mazkur shtamm, avvalgi SARS va MERS shtammlariga qaraganda kamroq o‘lim holatiga olib kelayotgan bo‘lsa-da, u anchagina yuqumli bo‘lib chiqdi.

Pandemiya sharoitida AKT texnologiyalari virus tarqalishining oldini olish va nazorat qilishda har qachongidan-da samaraliroq yordam bermoqda. Xitoy tajribasi misolida aytadigan bo‘lsak, AKT texnologiyalari virusni jilovlash va uni aniqlash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Mobil ilovalar va tarmoq aloqalari yuz millionlab xitoyliklarning uylariga oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazib berilishini ta’minladi. Virusga qarshi kurashish yo‘lida salomatlik holatini kuzatish, hisobotni shakllantirish va maslahatlar olish jarayoni jadallik bilan raqamlashtirilmoqda.

Huawei kompaniyasi AKT vazirligi quvvatlovi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda mamlakatimizda koronavirus tarqalishini bartaraf etish maqsadida AKT texnologiyalarini tatbiq etish masalalarini muhokama etish uchun qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Kelishuvlar asosida Huawei kompaniyasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida ikkita teplovizor kamera taqdim etilib, ular ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida o‘rnatildi. Shu bilan birga, agentlik qoshidagi shtab bilan tezkor aloqani yo‘lga qo‘yish uchun trank muloqotga xizmat qiluvchi ratsiyalar va “bodikameralar” taqdim etilib, ular mutaxassislarning joydagi harakatini jadallashtirishga va virus tarqalishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy o‘choqlarda vaziyatni nazorat qilishga imkoniyat beradi. Istiqbolda tajriba almashinuvi va mamlakatda koronavirus tarqalishini bartaraf etishga oid samarador yechimni izlash yo‘lida Xitoyning yetakchi klinikalari bilan masofadan bog‘lanishga yordam beradigan video-konferensiya tizimlarini topshirish va o‘rnatish rejalanmoqda.

“Huawei kompaniyasi pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash sohasiga faol ko‘mak berishga intiladi, Xitoy tajribasi misolida biz AKT texnologiyalari millionlab insonlarga aloqada qolishga, oziq-ovqat buyurtirishga, onlayn maslahatlar olishga va to‘plangan axborotlarni tahlil qilishga qay darajada yordam berganining guvohi bo‘lyapmiz. Biz shifokorlar va tibbiyot xodimlarining qahramonligi va jasoratini to‘liq e’tirof etgan holda, aynan AKT texnologiyalari og‘ir mehnatni yengillashtirishda, uzluksiz axborot almashinuvini ta’minlashda va vaziyatni tezda nazorat ostiga olishda muhim o‘rin tutishini aytmoqchimiz”, — deb ta’kiladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Lyu Szyasin.

Bosh sanitariya shifokori Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, Huawei kompaniyasining ayni chog‘da uzatgan yordam qo‘li bunday vaziyatda ayni muddao bo‘ldi.

“Bizning agentligimiz misolida butun O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun Huawei kompaniyasiga minnatdorlik bildiramiz. Ikkita teplovizor kamera Toshkent shahridagi aeroportda o‘rnatilib sozlandi. Shuningdek, bizning xitoylik hamkasblarimiz ko‘magida ikkita video-konferensiya tizimini ham qabul qilib oldik, tez orada O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishiga doir masalalarni yana-da samarali hal qilish maqsadida xitoylik klinikalar bilan masofaviy aloqani yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Almatov.

Huawei kompaniyasining yechimlari va texnologiyalari Xitoydagi murakkab vaziyatda ham insonlarga yordam berdi, shu jumladan, Uxan shahrida ham. Shu yo‘sin, uch kun ichida yangi shifoxonada 5G tarmoqni ishga tushirishga oid loyiha amalga oshirilib u Uxan aholisini jadal tartibda qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘lga qo‘yildi. Huawei Cloud uskunasi bazasida boshlang‘ich va o‘rta-ta’lim maktablari, o‘quv markazlari va oliy o‘quv dargohlari uchun onlayn ta’lim xizmatlari taqdim etilmoqda. Intellektual

Huawei Cloud WeLink ish platformasi esa ko‘plab kompaniya va tashkilotlar xodimlarining masofadan ishlashiga sharoit yaratish uchun bir qator funksiyalarni taklif etmoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют