» » Xitoy koronavirusga qarshi kurashishda Janubiy Koreyaga gumanitar yordam yubormoqchi

Xitoy koronavirusga qarshi kurashishda Janubiy Koreyaga gumanitar yordam yubormoqchi


Xitoy hukumati yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun yaqin kunlarda Janubiy Koreyaga gumanitar yordam partiyasini yuboradi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chaosyuy ma’lum qilgan.

“Xitoy hukumati yaqin orada Janubiy Koreyaga shoshilinch tibbiy buyumlarning bir qismini yetkazib beradi. Mahalliy hokimiyatlar va korxonalar Janubiy Koreyaga yordam berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, yaqin kelajakda bu boradagi say’-harakatlarni kuchaytiramiz”, — degan u.

Ma Chaosyuy Xitoy Janubiy Koreyadagi qiyinchiliklarni o‘zinkidek hisoblashini, shu sababli ularga har qanday insonparvarlik yordamini berishga tayyorligini ta’kidlagan.

U, shuningdek, tomonlar epidemiyani oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish imkoniyatini muhokama qilayotganini ham aytgan. “Chunki virusning tarqalishiga qarshi kurash birgalikdagi harakatlarni talab qiladi, faqat shundagina bu harakatlar samarali bo‘lishi mumkin”, — degan Ma Chaosyuy.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston koronavirus yangi turining keng tarqalishini oldini olish, epidemiologik vaziyatni jilovlash hamda uni mahalliylashtirish, kasallikka qarshi kurash harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12-fevral kuni Xitoyga insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi. 3-mart kuni esa O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi.

Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi. Ispaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 nafarga yetdi.  Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida o‘lganlar soni 100 nafardan oshdi, AQShning Vashington shtatida ham koronavirusdan vafot etganlar soni ko‘paydi.

Tojikistonda koronavirus epidemiyasi xavfi tufayli masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopib qo‘yildi, O‘zbekistonda esa koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют