» » Emmanuel Makron 17-martdan Shengenga kirish yo‘llari yopilishini ma’lum qildi

Emmanuel Makron 17-martdan Shengenga kirish yo‘llari yopilishini ma’lum qildi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen zonasi va Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralari 17-martdan kirish uchun yopilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Le Figaro.

Hozircha ushbu cheklov 30 kun davomida amalga bo‘ladi.

“Yevropaga kirmaydigan hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlararo barcha harakatlar to‘xtatiladi”, — deydi Makron. Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolari bilan birgalikda qabul qilingan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi rahbariyati Shengen zonasi hududiga kirishni taqiqlab qo‘yishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen hamda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelning telefon orqali muloqotida ushbu masala ko‘tarilgan.

Shuningdek, Shengenga a’zo bo‘lgan 26 davlatdan tashqari, uning tarkibigi kirmaydigan, ammo Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlar — Irlandiya, Kipr, Xorvatiya, Ruminiya va Bolgariya uchun ham cheklov joriy qilinishi mumkin.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasi Ikkinchi jahon urushidan beri eng kuchli inqiroz deb topildi

Avvalroq “Aeroflot” kompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatgani, O‘zbekiston ham koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatgani, chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarida qaytarilishi haqida xabarlar berilgan. Rossiyada 13-mart, juma kuni, italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirish vaqtincha taqiqlangan. AQShda ham yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, 15-mart kuni O‘zbekistonda ham koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-mart kuni COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni 10 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют