» » O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqidagi xabar rad etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqidagi xabar rad etildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqida tarqalgan xabarni rad etdi. Ma’lum bo‘lishicha, The Asia Times saytida “O‘zbekistonda bir keksa erkak koronavirusdan vafot etdi” (V Uzbekistane pervaya smert ot koronavirusa umer mujchina) sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Unda ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan erkakda 14-mart, shanba kuni, koronavirusga chalingani tasdiqlanib kasalxonaga yotqizilgani, 17-mart kuni esa kasallikdan vafot etgani aytilgan. Shuningdek, u bilan birga yashagan va aloqada bo‘lgan shaxslar shifokorlar nazoratida ekani qayd etilgan. Manba sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati va bosh sanitar vrachi Bahodir Yusupaliyev, deb ko‘rsatilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ushbu xabarga aniqlik kiritdi.

“Bu xabar mutlaqo asossiz, butkul yolg‘ondan iborat. Avvalo Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev bosh sanitar vrach emas, vazirning birinchi o‘rinbosaridir. Ikkinchidan, saytimizda bunday xabar umuman e’lon qilinmagan. Eng muhimi, O‘zbekistonda koronavirus tufayli o‘lim holati qayd etilmadi, qayd etilmasin ham.

Yana bir bor eslatib o‘taman, vazirligimiz bu borada barcha rasmiy ma’lumotlarni tezkorlik bilan e’lon qilib bormoqda, hamisha eshiklarimiz ochiq, nafaqat kunlik, balki soatlik axborotni yetkazib turibmiz. Yurtdoshlarimizdan yolg‘on axborot tarqatish uchun javobgarlik mavjudligini, xorijiy OAVda bu masalaga jiddiy yondoshishlarini so‘rab qolardim”, — deb ta’kidlagan.

O‘zbekistonda 17-mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan fuqarolar soni 10 kishiga yetdi.  Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 16-mart holati bo‘yicha 5,6 mingdan ortiq odam karantinga olingan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan 33 ta akkaunt aniqlangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют