» » O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi 4-martdan boshlab aholini koronavirusdan himoyalanish haqida SMS xabarlar orqali ogohlantira boshladi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving!” , — deyiladi vazirlik tomonidan yuborilgan birinchi SMS xabarda.

5-mart kuni esa mobil aloqa foydalanuvchilariga Sog‘liqni saqlash vazirligining ikkinchi ogohlantirishi yetib keldi. Unda vazirlik aholidan og‘iz va burunni yopib yurishni so‘ramoqda:

“Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Og‘iz va burningizni yengingiz, salfetka yoki dastro‘mol bilan yoping”.

Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar respublikada koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi”, — deyilgan edi vazirlik bayonotida.

4-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi OTMlar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida profilaktik chora va nazoratni kuchaytirish, tegishli sanitariya tadbirlarini amalga oshirish orqali murabbiy va talaba-o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror qabul qildi. Hujjat bilan koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют