» » O‘zbekistonda biznes-assotsiatsiyalar: ular nima uchun kerak?

O‘zbekistonda biznes-assotsiatsiyalar: ular nima uchun kerak?


O‘sib borayotgan raqobat va globallashuv sharoitida ko‘plab mamlakatlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishga keng e’tibor qaratmoqda. Professional biznes-assotsiatsiyalarning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli haqida Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi direktori Shuhrat Azimov so‘zlaydi.

– Assotsiatsiyaning paydo bo‘lish tarixi haqida so‘zlab bersangiz.

– 2013 yilda TIF sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bir nechta tijoriy kompaniyalar o‘z faoliyat doirasini kengaytirish hamda biznes-imkoniyatlar va g‘oyalarni izlab topishi, O‘zbekiston va chet el tadbirkorlari o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini o‘tashi lozim bo‘lgan jamoatchilik tashkilotini tuzishga qaror qildi.

Yaxshi tushunib yetgan edikki, bizda biznes sohasidagi qiziqishlarni o‘rtaga tashlovchi ijtimoiy maydoncha qariyb yo‘q edi va bu kamchilikni tezlikda tuzatishga qaror qildik. Shu tarzda Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiyasiyasi (AMBiT)paydo bo‘ldi.

– Assotsiatsiyaning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Hozirgi kunda eng asosiy yo‘nalish –tadbirkorlik aloqalarini keng yoyishdan iborat, ya’ni AMBiT tadbirkorlarni o‘zaro tanishtiruvchi, taklif va g‘oyalar almashinuvini ta’minlovchi fasilitator vazifasini o‘taydi. Biz chet el tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish, dunyo bo‘ylab eng yaxshi takliflarni izlash va ularni tadbirkorlarga taqdim qilish bilan shug‘ullanamiz. Masalan, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlashda ko‘maklashamiz.

Aslida, a’zolari bir-biri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qiluvchi faol biznes-hamjamiyat yaratish istagidamiz.

Yana bir yo‘nalishimiz – chet el mamlakatlariga informatsion biznes turlarni tashkil qilish. Bunday safarlar chet el kompaniyalari bilan aloqalar o‘rnatish, texnologiyalari, bozorlari bilan tanishish uchun juda muhim. Shu vaqtga qadar tadbirkorlarimizni Qozog‘iston, Hindiston, Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Gonkong, Singapur kabi davlatlarga yubordik.

Va albatta, ta’lim, aniqrog‘i rahbar xodimlari va ishchilarning potensialini oshirish.

Barcha takliflarimiz a’zolikning 5 turi doirasida amalga oshirilib, ularning har biri tadbirkorlarning muayyan talablari va ular uchun foydali jihatlarga mutanosib keladi.

– Biznes turlarning tadbirkorlar mustaqil ravishda amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan xizmat safarlaridan farqi nimada?

– Barchasi qilinayotgan safar maqsadiga bog‘liq. Agar shartnoma shartlari muhokamasi uchun o‘z hamkorlari bilan uchrashish kerak bo‘lsa, u holda mustaqil borgan afzal. Biroq bu imkoniyatlarni ko‘zdan kechirish uchun tanishuv safari bo‘lsa, mutaxassislar ko‘magida guruh tarkibida borgan ma’qul.

Biznes tur uchun avvaldan maxsus dastur, logistika, uchrashuvlar uchun chet el kompaniyalari va ularning vakillari ro‘yxati ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, biz imtiyoz asosida, ya’ni chet ellik sheriklar bilan hamkorlik doirasida xarajatlarning bir qismini qoplovchi turlar uyushtirishga harakat qilamiz.

Yaqindagina uyushtirgan turlarimizdan birida to‘qimachilik sanoati vakillari Xitoy safarida bo‘ldi. Bir hafta mobaynida 18 nafar tadbirkor ishlab chiqarish bo‘yicha to‘qimachilik zavodlari va fabrikalariga, riteyl do‘konlariga tashrif buyurdi, amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Natijada Xitoy kompaniyalari bilan bir nechta hamkorlik (import va eksport) shartnomalari imzolandi, shuningdek, safar ishtirokchilari o‘rtasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

– Tadbirkorlarga qanday amaliy yordam ko‘rsatasizlar?

– Olib borayotgan faoliyatimiz aniq natijalar berayotganiga o‘zimiz guvoh bo‘lmoqdamiz: kompaniya xizmatlari va mahsulotlarining ko‘payganidan keyin paydo bo‘lgan yangi mijozlar; uskunalarni yetkazib berish haqidagi yechimlar; biz uyushtirgan tadbirlar, b2b-uchrashuvlar, safarlar davomida tanishgan tadbirkorlar hamkorligi; xodimlarning ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan malaka oshirishlar. Masalan, chet el ko‘rgazmalariga uyushtirilgan safar qatnashchilari yangi texnologiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lib, ularni o‘zlarining ishlarida muvaffaqiyatli tadbiq etishdi.

Shuningdek, assotsiatsiya a’zolari hamkorlar bilan tanishib, ular bilan qulay sharoitlarda o‘z mahsulotlarini sotish yoki xom-ashyo xarid qilishbo‘yicha kelishuvga erishgani bo‘yicha ko‘plab misollar mavjud.

Assotsiatsiya paydo bo‘lgandan buyon butun davr mobaynida 300 dan ortiq kompaniya uning a’zosi bo‘ldi, 15 ta xalqaro konferensiya va forum, Canton Fair ko‘rgazma tashkilotchilari va MDH davlatlari tadbirkorlari bilan 6 ta teleko‘prik, xorij mamalakatlariga 7 ta biznes tur uyushtirdik (80 dan ziyod ishtirokchilar), chet ellik delegatsiyalar bilan 70 ta amaliy va b2b-uchrashuvlar va tadbirkorlar uchun 30 ga yaqin ochiq seminarlar o‘tkazdik.

Kelajakda, o‘z a’zolarimiz nomidan savol va takliflar bilan davlat organlariga murojaat qilishni rejalashtiryapmiz.O‘zbekiston rahbariyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik yo‘lini e’tiborga olsak, ushbu harakatimizning ish berishiga ishonchim komil. 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

– Tadbirkorlar bu kabi assotsiatsiyalarga qanday munosabatda bo‘lmoqda?

Tan olish kerak, tadbirkorlik madaniyati shakllanish bosqichida turibdi. Shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlar assotsiatsiyalarga a’zolikka, afsuski, ishonchsizlik bilan qarashadi. Biz bilan hamkorlik qilib, kompaniyalar qanday foyda va imkoniyatlarga ega bo‘lishini so‘zlab beramiz. Bunda xorijiy davlatlardagi biznes rivojlantirishning lokomotivi darajasigacha ko‘tarilayozgan xuddi shunday assotsiatsiyava birlashmalarning tajribasiga murojaat qilamiz. AMBiT davlat muassasasi hisoblanmaydi, lekin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari bilan, ularning manfaatlarini yoqlagan holda ishlash bizning uzoq muddatli maqsadimiz hisoblanadi.

– Ta’limiy loyihalar haqida biroz so‘zlab bersangiz.

Chet el yoki mahalliy ekspertlarni taklif etgan holda hamkorlarimiz bilan birgalikda turli xil seminarlar tashkil qilamiz. Xususan, tor doirada ixtisoslashgan mutaxassislar seminarlari (masalan, MASHAV ko‘magida); Be the Change kompaniyasi bilan hamkorlikda jahon darajasidagi spikerlar; 2 oyda bir o‘tkaziladigan O‘zbekistonning yetakchitadbirkorlari ishtirokida turli yo‘nalishdagi ochiq seminarlar. Seminarlar haqida saytimizda (www.ambit.uz) va Facebook sahifamizda (www.facebook.com/AMBiT.uz) yoritib boramiz.

– Va barcha uchun a’nanaviy intervyu savol: kelajak rejalari haqida.

– Bizda 2020-yilga borib mamlakatdagi ilg‘or 500 kompaniyani o‘zida birlashtirgan O‘zbekistondagi yetakchi biznes-assotsiatsiyaga aylanib, xalqaro standartlar bo‘yicha biznes yurituvchi va mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shuvchi ishbilarmonlar hamjamiyatini barpo etish bo‘yicha aniq maqsadlar mavjud.

AMBiT a’zolik masalalari bo‘yicha: (90) 938 00-25 raqami yoki info@ambit.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют