» » Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmadi

Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmadi


Chernogoriyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Shunday qilib, Yevropada virus qayd etilmagan biror davlat qolmadi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus 1948 hamda 1973-yilda tug‘ilgan ikki ayolda aniqlangan. Ayollarning ikkisi ham virus tarqalishi qayd etilgan joyga bo‘lgan. 15-mart kuni bosh vazir o‘rinbosari Milutin Simovich Chernogoriya — kasallik qayd etilmagan yagona davlat ekanligini ma’lum qilgandi. Mamlakatga koronavirus kirib kelishining oldini olish maqsadida xorijlik fuqarolar tashrifiga cheklov ham o‘rnatilgan edi. Ushbu cheklovlar Chernogoriyada doimiy yashovchi fuqarolarga, shuningdek, mamlakatga tovarlarni olib kelish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga taalluqli emasligi aytilgandi.

Chernogoriya rasmiylari chet eldan kelgan mahalliy va xorijiy mehmonlar izolyatsiyalanishini talab qilgan. Bundan tashqari, mamlakatda tungi klublar, restoranlar (uyga ovqat yetkazib beradiganlardan tashqari), savdo va fitnes markazlar, shuningdek, boshqa qator muassasalar 15 kunga yopilgan.

Mavzuga doir: “Dunyoning eng boy kishilari bu kasallikdan qutula olmadimi, unda biz ham tayyor turishimiz kerak”. Kanadadagi o‘zbekistonlik koronavirus haqida

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen zonasi va Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralari 17-martdan kirish uchun yopilishini ma’lum qilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy tashqarisida 86 434 ta koronavirusni yuqtirish holati aniqlangan. Dunyo bo‘ylab 16-mart kuni virusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 874 yangi holat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют