» » NYT: KXDR yangi yadro sinovini 15-aprelda o‘tkazishi mumkin

NYT: KXDR yangi yadro sinovini 15-aprelda o‘tkazishi mumkin


Sun’iy yo‘ldoshdan olingan yangi suratlar Shimoliy Koreya tez orada yana bir yadro sinovini o‘tkazishidan dalolat bermoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

The New York Times qayd etishicha, bu KXDRning so‘nggi o‘n yillikdagi oltinchi va “ehtimol, eng kuchli portlatuvchi sinovi” bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni o‘rganishda ekspertlar Shimoliy Koreya o‘z yadro sinovlarini o‘tkazishi taxmin qilinayotgan Mantapsan tog‘ida faol harakatni kuzatgan.

Tahlilchilar aytishicha, KXDR bayram sanalarini ko‘pincha harbiy kuch namoyishi bilan nishonlaydi. Ularning fikricha, mamlakat yangi sinovni o‘z asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni — 15-aprelda o‘tkazishi mumkin.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют