» » Bleyk Layvli va Rayan Reynolds koronavirus bilan kasallanganlar uchun 1 mln dollar ajratdi

Bleyk Layvli va Rayan Reynolds koronavirus bilan kasallanganlar uchun 1 mln dollar ajratdi


Gollivudning taniqli yulduzli juftligi 43 yoshli Rayan Reynolds va 32 yoshli Bleyk Layvli koronavirus bilan kurashish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. Bu haqda Cosmopolitan nashri xabar berdi.

Aktyorlar koronavirus infeksiyasining tarqalishidan jiddiy xavotirda ekanligini bildirgan. Er-xotin pandemiya tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam berishga qaror qildi.

Rayan Reynolds va Bleyk Layvli AQSh va Kanadadagi ikkita xayriya loyihasi — Feeding America va Food Banks Canada hisobiga bir million dollar o‘tkazgan. Ushbu notijorat oziq-ovqat tashkilotlari qariyalar va kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

“O‘ylaymanki, COVID-19’ni ofat desam gapimga hech kim e’tiroz bildirmaydi. U qariyalar va kam ta’minlangan oilalarga qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Bleyk va men bir million dollar xayriya qilamiz. Agar sizda imkoniyat bo‘lsa, ushbu tashkilotlar yordamga muhtoj. Tanangiz va qalbingizni asrang. Qalbingizda quvonch uchun joy qoldiring. Izolyatsiya qilingan va siz bilan muloqotga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamga qo‘ng‘iroq qiling”, — deydi Rayan Reynolds.

Reynolds va Layvlining turmush qurganiga sakkiz yil bo‘ldi. Ular uch nafar qiz — besh yoshli Jeyms, uch yoshli Ines va o‘tgan yili dunyoga kelgan kichkintoyni tarbiya qilmoqda.

Avvalroq Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Xitoydagi yangi koronavirus bilan kurashish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z xayriya jamg‘armasidan besh million dollar ajratgan edi.

Mavzuga doir:

Jahon bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi. Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmadi, shuningdek AQShning barcha shtatlarida ham ushbu infeksiyani yuqtirish holatlari qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют