» » Olmaota to‘liq yopiladi – shaharga kirish va undan chiqish taqiqlanadi

Olmaota to‘liq yopiladi – shaharga kirish va undan chiqish taqiqlanadi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirusning tarqalishini olish maqsadida 22-mart kechasidan boshlab avia aloqa va temiryo‘l qatnovlari to‘xtatiladi. Bu haqda 18-mart kuni o‘tkazilgan brifingda Olmaota hokimi o‘rinbosari Yerlan Kojagapanov ma’lum qilgan.

“Shahar va mamlakat tashqarisida bo‘lgan barcha olmaotaliklarga kirish uchun 72 soat vaqt beriladi. Xuddi shu qoidalar shaharni tark etmoqchi bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolari va chet el fuqarolariga ham amal qiladi. 22-mart kuni soat 00:00 da barcha blokpostlar yopiladi”, — degan u.

Shu bilan birga, Kojagapanov xalqaro reyslar uchun istisno hollari borligini ta’kidlagan. “Xalqaro reyslarga kelsak, Olmaotaga qaytishni istagan fuqarolar va xalqaro reysda uchib ketmoqchi bo‘lgan boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun 22-martga qadar vaqt etmay qolishi mumkinligi sababli uchaveradi. Masalan, agar odamlar Kanadadan yoki Janubi-Sharqiy Osiyodan qaytayotgan va chiptani bundan kechroq vaqtga olgan bo‘lsa, ularni qabul qilamiz. Biroq ayrim bosqichlarda xalqaro reyslarga cheklov kiritamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Kojagapanovning so‘zlariga ko‘ra, Olmaota bo‘ylab aholining va transport vositalarining harakatlanishi cheklanmagan. Avtobus va metrolar shtat rejimida ishlashda davom etadi, ammo yo‘lovchilar soni kamaygani sababli transport qatnovi oralig‘i 20 foizga uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetgan. Jumladan 15 ta holat Olmaotada qayd etilgan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.

Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют