» » CNN: Trampning safarlar uchun sarfi bir yil davomida Obamaning 8 yil davomidagi xarajatlaridan oshib ketadi

CNN: Trampning safarlar uchun sarfi bir yil davomida Obamaning 8 yil davomidagi xarajatlaridan oshib ketadi


AQSh prezidenti Donald Trampning sayohat va safarlari sarfi bir yil davomida o‘tmishdoshi Barak Obamaning 8 yil davomidagi shunday xarajatlaridan oshib ketadi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

Trampning Floridadagi xususiy klubiga tashriflari prezidentlik lavozimini egallagan ilk 80 kun mobaynida 20 million dollarga tushdi. U Palm-Bichdagi Mar-a-Lago qarorgohida umumiy hisobda 21 kun bo‘ldi. Bu safarlar xarajatlarining jami qiymati 21,6 million dollarni tashkil etadi. 

Obama prezidentlik lavozimidagi 8 yil mobaynida safarlarga salkam 97 million dollar sarflagandi. Ular o‘z ichiga ish yuzasidan tashriflar va shaxsiy sayohatlar, xususan, Aspenda chang‘i uchish, Massachusetsdagi oilaviy hordiqni o‘z ichiga olgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют