» » Niderlandiya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (video)

Niderlandiya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (video)


Niderlandiya sog‘liqni saqlash vaziri Bruno Bryuins parlamentda koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi. Bu haqda “Nu.nl” gazetasiga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Majlisdan olingan lavhalarda parlament a’zolaridan biri savol bermoqchi bo‘lganida, gapirishdan to‘xtab qolgani, shu vaqtda minbarda turgan Bryuins hushini yo‘qotib yiqilgani, uni yonidagi parlament a’zolari ushlab qolganini ko‘rish mumkin. So‘ng vazir o‘ziga kelib, suv ichgan va shundan keyin u majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Keyinroq Bryuins o‘zining Twitter’ida qo‘llab-quvvatlashlar uchun barchaga minnatdorchilik birdirgan va hushidan ketishi oxirgi haftalardagi qattiq ishlash va charchoq tufayli yuz beganini bildirgan.

“Hozir dam olish, ertaga esa ishga qaytib koronavirusga qarshi kurashish uchun uyga keyapman”, — deb yozgan vazir.

Niderlandiyada koronavirusdan dastlabki o‘lim holari 6-mart kuni qayd etilgan. Shundan buyon mamlakatda virusdan umumiy hisobda 58 kishi vafot etdi. Amerikaning Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiyada COVID-19 2 056 kishida aniqlangan, ikki kishi rasman tuzalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 18-martda butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya’ni 80 foizi ikki mintaqada — Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют