» » Toshkentda “16” va “1-gorbolnitsa” karantinga yopilgani to‘g‘risida xabarlarga izoh berildi

Toshkentda “16” va “1-gorbolnitsa” karantinga yopilgani to‘g‘risida xabarlarga izoh berildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar “Ibn Sino” nomli 1-son klinik shifoxonasi (“1-gorbolnitsa”) karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlarga tushuntirish berdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-son shahar klinik shifoxonasida esa koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zini Turkiyada bo‘lganligini yashirib, ma’lum vaqt shu shifoxonada bo‘lgan.

“Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bu ayni o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi  sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Toshkentdagi 16-shahar kasalxonasiga koronavirusni yuqtirgan 2 kishining yotqizilgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 23 nafarga yetgani haqida xabar bergandi. Ma’lum qilishlaricha, Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Prezident Shavtkat Mirziyoyev mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining boshida koronavirus muammosiga to‘xtalib o‘tib, hozirda 6 mingga yaqin odam karantingga olinganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют