» » AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi kongressmen aniqlandi

AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi kongressmen aniqlandi


Florida shtatidan bo‘lgan respublikachi kongressmen Mario Dias-Balart koronavirus bilan kasallangan AQSh oliy qonunchilik organining ilk a’zosiga aylandi, deb xabar beradi CNN.

Kongressmen matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Marioning ahvoli 14-mart kuni yomonlashib qolgan: tana harorati ko‘tarilib ketib, boshida og‘riq turgan. U koronavirus uchun test topshirgan va oradan biroz vaqt o‘tgach natijalar ijobiy chiqqan.

Dias-Balart Twitter’dagi sahifasi orqali o‘zining ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qilgan. U amerikaliklarni koronavirus pandemiyasiga nisbatan jiddiy yondashishga chaqirgan. “Kasallikdan qochish va uning tarqalishiga qarshi kurashish yo‘lida barchamiz AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlarning tavsiyalariga rioya qilishimiz kerak”, — deydi kongressmen.

Avvalroq koronavirus Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida, shuningdek, Italiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ida aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus aniqlangan edi.

Mavzuga doir: Tramp Xitoyning koronavirus AQSh harbiylari tomonidan tarqalgani to‘g‘risidagi taxminini yolg‘on deb atadi

Eslatib o‘tamiz, AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Birozdan so‘ng Donald Tramp mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilinganini bildirdi. Uning o‘zi ham koronavirusga test topshirdi. Trampda kasallik aniqlanmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют