» » Tokio—2020 Olimpiadasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi

Tokio—2020 Olimpiadasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi


2020-yil Tokio shahrida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari qoldirilmaydi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ma’lum qildi.

Tokio—2020 ijroqo‘mining ta’kidlashicha, Olimpiya o‘yinlarida har bir delegatsiya va sportchining xavfsizligi ta’minlanadi.

Hozirda koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat sabab Olimpiada kvotalari masalasida savollar yuzaga kelmoqda. Hozirda 57 foiz yo‘llanma o‘z egasini topgan.

XOQ qaroriga ko‘ra qolgan 43 foiz litsenziyalar quyidagi tartibda taqdim etiladi:

1. Qo‘lga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi.

2. Rejalashtirilgan kvalifikatsion musobaqalar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.

3. Saralash o‘yinlari o‘tkazilmay qolganida quyidagilar e’tibor qaratiladi:

— Shu vaqtgacha bo‘lgan natijalar (avvalgi ko‘rsatkichlar, milliy federatsiyalar reytingi va hokazo);

— Mavjud tanlov tamoyillari (kontinental va mintaqaviy musobaqalar, qo‘lga kiritilgan reytinglar va boshqalar).

Qolgan kvotalar istisno holatlarida Tokio—2020 tashkiliy qo‘mitasining ko‘rib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют