» » “Bu sabrni sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib fursat”. Amerikalik aktrisa Mayli Sayrusdan koronavirus bilan kurashishga oid maslahatlar

“Bu sabrni sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib fursat”. Amerikalik aktrisa Mayli Sayrusdan koronavirus bilan kurashishga oid maslahatlar


Jahon kinosi va estradasi yulduzlari o‘z muxlislariga koronavirus bilan kurashish borasida tavsiyalar bermoqda. Amerikalik aktrisa va xonanda Mayli Sayrus ham hamkasblaridan ortda qolmay o‘z muxlislariga murojaat qildi, deb yozadi Popcake.

U o‘z folloverlari bilan pandemiya haqida suhbatlashish uchun Disney serialida o‘zi ijro etgan Xanna Montana obrazini tanladi.

“E’tiborli va rahmdil bo‘ling. Inson bo‘ling. Do‘kondagi har bitta sho‘rvani sotib olishimiz shart emas. Qancha ko‘p sotib olaversak, birinchi ehtiyoj uchun kerakli mahsulotlar shunchalik qimmatlashib ketaveradi. Natijada esa ko‘pchilik eng zarur narsalarsiz qolishi mumkin.

Bu sabrni sinovdan o‘tkazish uchun eng ajoyib fursat. Vahima qurshab olgan paytda aqlli qaror qabul qilish juda qiyin. Biroq qo‘rquvga taslim bo‘lib, e’tiborsiz bo‘lishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘ring.

Agar biz bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilsak, unda buning uchun yetarli sabablar bo‘ladi”, — deb yozadi Mayli Sayrus.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют