» » “Menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, deganlar xato qiladi”. Prezident koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

“Menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, deganlar xato qiladi”. Prezident koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi


Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

“Bitta narsani bilishlaring kerak: menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, degan rahbar, fuqaro, tadbirkor va umuman oqsoqollarimiz, yoshlarimiz xato qiladi. Bu narsa hammamizga bog‘liq. Hammaga ta’sir qiladi.

Agar kimda-kim kasalligini bilib, yashirib, uyda o‘tirsa, xalqimizga xavf-xatar yetkazadigan omilga aylanadi. Bu bo‘yicha jinoiy javobgarlik bor.

Endi bu xavf-xatar tashqaridan kelishi mumkin emas – hamma yer yopildi. Faqat ichkaridagi kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlab, profilaktika ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz zarur”, – deya davlat rahbari so‘zlarini keltirgan “Kun.uz”.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi (video)

Prezident, shuningdek, hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chorladi.

“Har bir hokim bitta narsani bilishi kerak: bu mening viloyatimga kelmadi, bizning tumanimiz tinch, deb bemalol yurishlaring – xiyonat. Takror-takror aytaman, barcha profilaktik ishlarni, aytilgan chora-tadbirlarni hamma o‘z vaqtida bajarishi kerak”, – degan u.

Davlat rahbari o‘z xonadonlarida izolyatsiyada bo‘lishi belgilangan fuqarolarning tartibni buzishi holatlariga ham to‘xtaldi.

“Ko‘chaga chiqishi man etiladi. Nega desangiz, u mana shu kasallikning tarqatuvchisi bo‘lishi mumkin. Ishni markazlashgan tarzda tashkil etish oson, lekin bizdagi ma’lumot bo‘yicha, ko‘p joylarda markazlashgan joylarda ham tashqariga chiqayotganlar bor ekan. Bu man etiladi.

Jiplashib, hammamiz bir bo‘lib, aytilganlarni bajarib, shifokorlarning tavsiyalariga rioya qilsak, hammasi joy-joyiga tushadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Shuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalardagi kompaniyalarga soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют