» » Niderlandiyada koronavirusga qarshi kurashga mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi

Niderlandiyada koronavirusga qarshi kurashga mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi


Niderlandiyada koronavirusga qarshi kurashga mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash vaziri Bruno Bryuins iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, Bruno Bryuins 19-mart kuni qirol Villem-Aleksandrdan uni lavozimidan ozod qilishni so‘ragan. Qirol uning iste’fosini qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni mamlakat parlamentida koronavirus bo‘yicha muhokama o‘tkazilgandi. Niderlandiya sog‘liqni saqlash vaziri Bruno Bryuins minbarga chiqqan paytida to‘satdan hushidan ketgan. Uni yonidagi parlament a’zolari ushlab qolgan. So‘ng vazir o‘ziga kelgan va majlislar zalidan chiqib ketgan.

Keyinroq Bryuins o‘zining Twitter’ida qo‘llab-quvvatlashlar uchun barchaga minnatdorchilik birdirgan va hushidan ketishi oxirgi haftalardagi qattiq ishlash va charchoq tufayli yuz beganini bildirgan.

Qayd etilishicha, endi sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini uning yordamchisi Ugo de Yong bajaradi

Niderlandiyada koronavirusdan dastlabki o‘lim holari 6-mart kuni qayd etilgan. Shundan buyon mamlakatda virusdan umumiy hisobda 76 kishi vafot etdi. Amerikaning Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiyada COVID-19 2 460 kishida aniqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют