» » Jamshid Qo‘chqorov parlamentda Inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot berdi

Jamshid Qo‘chqorov parlamentda Inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot berdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20-mart, juma kuni, parlament quyi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqib, Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi va unda belgilangan vazifalarni deputatlar va senatorlarga yetkazdi.

Shuningdek, “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Uzreport’ning yozishicha, ushbu farmon bilan Moliya vazirligi huzurida tashkil qilingan 10 trillion so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Xususan, davolash va boshqa muassasalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlashga sarflanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi (video)

Xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Bundan tashqari, jamg‘arma mablag‘laridan tadbirkorlik va bandlikni, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash kabi maqsadlarga ham mablag‘lar ajratiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi

Shuningdek, farmon bilan 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytirilishi belgilanmoqda.

2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi. Qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi. 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar, ularning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 15-oktabrga qadar uzaytiriladi.

Soliq kodeksiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etishiga ruxsat berildi.

2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi. Soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi. 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatildi (jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют