» » O‘zMTRK “dostavka” xizmatlari reklamasini bepul deb e’lon qildi

O‘zMTRK “dostavka” xizmatlari reklamasini bepul deb e’lon qildi


O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lguniga qadar zarar mahsulotlar va xizmatlarni uyga yetkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini bepul reklama qiladi. Bu haqda O‘zMTRK rahbari Alisher Xodjayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Zarur mahsulotlar va xizmatlarni uyga yetkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi reklama e’lonlari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lguniga qadar MTRK telekanallarida bepul joylashtiriladi. Murojaat uchun telefon/telefon: +99897-414-44-33”, — deb xabar qoldirgan O‘zMTRK rahbari.

Uning qayd etishicha, ushbu qaror “xalqimizni koronavirusga qarshi kurashda yanada qo‘llab-quvvatlash hamda yurtdoshlarimiz hozirgi davrda uyda o‘tirishlarini rag‘batlantirish maqsadida” qabul qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 37 kishida koronavirus aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 21-martdan boshlab choyxona va oshxonalar faoliyati “koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashguniga qadar” to‘xtatildi. Ayni vaqtda, ushbu taqiq oziq-ovqat mahsulotlarini uyga eltib berish xizmatiga taalluqli emas.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют