» » Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish uchun 20 mingdan ortiq ko‘ngilli o‘ziga virus yuqtirishga rozi bo‘ldi

Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish uchun 20 mingdan ortiq ko‘ngilli o‘ziga virus yuqtirishga rozi bo‘ldi


Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Buning evaziga ular 4,4 ming dollar miqdorda to‘lov oladi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilindi

Qayd etilishicha, bugungi kunda koronavirusning yangi turiga qarshi dori-darmon topilmagani sababli vaksina yaratishda shu oilaga kiruvchi virusdan foydalaniladi.

Vaksina keyinchalik kasallik ta’siriga tushuvchi sog‘lom odamlarga kiritiladi. Odatda tajribada kasallik tarqalgan hududda bo‘lgan minglab odamlar ishtirok etadi. Preparat kiritilgan odam kasallanmasa, u samarali hisoblanadi.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, odatda bunday tadbirlarda ishtirok etish uchun kuniga bir necha kishi ro‘yxatdan o‘tadi, ammo ko‘ngillilarni jalb qilish bo‘yicha reklama kampaniyasidan so‘ng, bir necha kun ichida 20 mingdan ortiq odam ro‘yxatdan o‘tgan.

Vaksina tajribasida ishtirok etayotganlar tuzalguncha izolyatsiya ostida saqlanadi, bu odatda ikki hafta davom etadi.

Avvalroq JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qilgan edi. AQSh ham aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkin.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasini to‘xtatishning ikkita sharti ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют