» » Malayziyada Kim Chon Nam o‘ldirilishida ayblanayotganlarning ishini ko‘rib chiqish keyinga qoldirildi

Malayziyada Kim Chon Nam o‘ldirilishida ayblanayotganlarning ishini ko‘rib chiqish keyinga qoldirildi


Malayziyaning Selangor shtati sudi KXDR yetakchisi akasi Kim Chon Nam o‘ldirilishida ayblanayotganlarning ishini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Prokuror yordamchisi Muhammad Ahmad yetishmayotgan hujjatlarni to‘plash uchun eng kamida 1,5 oy kerakligini bildirdi. Shu sababli keyingi eshituvlar 30-mayga qoldirildi. 

13-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Indoneziya va Vyetnam fuqarolari bo‘lgan ikki ayol Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chon Namni qasddan o‘ldirishi bo‘yicha ishni Oliy sudga topshirilishi haqida qaror chiqarilishi kutilayotgandi. 

Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, bunday jinoyat uchun o‘lim jazosi berilishi ko‘zda tutilgan. Bunday hukmlar esa faqat Oliy sud tomonidan chiqariladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (13-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют