» » CNN: AQSh razvedkasi kimyoviy hujumga tayyorgarlikni muhokama qilgan suriyalik harbiylar muzokaralarini qo‘lga kiritdi

CNN: AQSh razvedkasi kimyoviy hujumga tayyorgarlikni muhokama qilgan suriyalik harbiylar muzokaralarini qo‘lga kiritdi


AQSh razvedkasi Suriya qurolli kuchlari vakillari va kimyoviy qurol sohasidagi ekspertlar Idlib viloyatida zarin gazidan foydalangan holda hujum uyushtirishga tayyorgarlikni muhokama qilgan muzokaralarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda AQSh ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, CNN ma’lum qildi deya xabar beradi “TASS”. 

Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroq kabi davlatlarda to‘playdigan ulkan hajmdagi razvedka ma’lumotlarining bir qismi ekanligi ta’kidlanmoqda. 

Telekanalga ko‘ra, Vashington kimyoviy hujum tayyorlanayotgani haqida oldindan bilmagan, chunki to‘planadigan ma’lumotlar hajmi kattaligi sababli ko‘pincha batafsil ko‘rib chiqilmaydi. Biroq Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llangani haqida ma’lum bo‘lishi bilan AQSh darrov o‘z ixtiyoridagi manbalarni hujumga qo‘l urganlarni aniqlash maqsadida o‘rganishga kirishdi. 

CNN AQSh rasmiylari kimyoviy qurol qo‘llanishi ortida Bashar Asad nazoratidagi kuchlar turganligiga “shubha qilmayotganligi”ni bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (13-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют