» » Seuldan charter reys orqali olib kelingan 196 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi “Chortoq“ sanatoriysiga joylashtirildi

Seuldan charter reys orqali olib kelingan 196 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi “Chortoq“ sanatoriysiga joylashtirildi


23-mart, dushanba kuni, soat 04:10 atrofida Janubiy Koreya poytaxti Seuldan parvoz qilgan samolyot “Namangan” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Samolyot bortida bo‘lgan 196 nafar o‘zbekistonlik dezinfeksiyalashdan o‘tkazilgandan so‘ng tibbiy tekshiruvlarga jalb etildi. Keyin esa ular uchun maxsus ajratilgan avtobuslarda “Chortoq” sanatoriysiga yo‘l oldi.

Bu yerda 145 nafar erkak va 51 nafar ayol sanatoriyning barcha qulayliklarga ega bo‘limlariga joylashtirildi.

— Sihatgoh oldindan bu vaziyatga shay holatga keltirilgan. Hamyurtlarimiz bu yerda 14 kun mobaynida karantinda bo‘ladi. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan va salomatligi tajribali shifokorlar tomonidan nazoratga olingan, — deydi sanatoriy faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Fayzullo Dadaboyev.

Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Eron va Latviyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sanatoriysiga karantin uchun joylashtirilgandi.

Mavzuga doir: Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi

Eslatib o‘tamiz, 23-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 46 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют