» » Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi

Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi


Namangan xalqaro aeroportiga joriy yil 16-mart kechki payt Latviya va Erondan ikki reys kelib qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Yo‘lovchilar dezinfeksiyalash ishlaridan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va avtobuslarda 14 kunlik karantin uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga olib ketilgan.

Jumladan, Rigadan uchib kelgan 175 nafar yo‘lovchi Kosonsoy tumanidagi shu nomli sihatgohga joylashtirilgan. Ulardan 135 nafari ayol, 40 nafari erkak bo‘lib, aksari talabalar ekanligi aytilmoqda. Asosan Toshkent shahri va Toshkent, Xorazm, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlari vakillaridan iborat.

— Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qat’iy nazoratga olingan. Tegishli shifokorlar guruhi ish olib bormoqda. Dori-darmon va dezinfeksiyalash vositalari zaxirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishi uchun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Sihatgoh oshxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti, — deydi “Kosonsoy” sanatoriysi faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Tohirjon Turdiyev.

Erondan uchib kelgan reysdagi 39 nafar yo‘lovchi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan va karantinga olingan. Ulardan 29 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, asosan Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridan. Bu yerda ham ular uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilariga ko‘ra, Chortoq tumanida joylashgan “Chortoq” sanatoriyasida karantinga olinadigan fuqarolar uchun qo‘shimcha yana 200 o‘rinli alohida shifoxona tashkil etilmoqda.

Shuningdek, barcha tumanlarning yuqumli kasalliklar bo‘limida bittadan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida esa 4 ta maxsus boks zahira sifatida tashkil etildi. Namangan shahrida 3 ta, tumanlarda bittadan zarur mutaxassislardan iborat tezkor brigadalar shakllantirildi va ularga maxsus reanimobillar biriktirildi.

Mavzuga doir: Namanganda karantinga olingan fuqarolar haqida ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют