» » Turkiyalik mashhur murabbiy Fotix Terimda koronavirus aniqlandi

Turkiyalik mashhur murabbiy Fotix Terimda koronavirus aniqlandi


Turkiyaning “Galatasaroy” futbol klubi bosh murabbiyi Fotix Terim koronavirusga chalindi. Bu haqda 66 yoshli mutaxassisning o‘zi ma’lum qildi.

“Tibbiy tekshiruvlar menda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Ayni damda kasalxonada shifokorlar nazoratidaman. Xavotir olmang”, — deya yozadi Terim.

Terim 2017-yildan buyon “Galatasaray”ni boshqarib keladi. U shuningdek, “Fiorentina”, “Milan” klublari va Turkiya terma jamoasidagi faoliyati bilan ham mashhur.

Pandemiya deb tan olingan Xitoy koronavirusi bilan ayni paytga kelib 380 mingdan ortiq kishi zararlandi. Qurbonlar soni 16,5 mingga yetdi. Turkiyada esa 24-mart holatiga 1,5 mingta koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan, 37 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют