» » Xorijda bo‘lmagan va kasallanganlar bilan gaplashmagan 20 yoshli o‘zbekistonlik qiz koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi

Xorijda bo‘lmagan va kasallanganlar bilan gaplashmagan 20 yoshli o‘zbekistonlik qiz koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda xorijga safar qilmagan va virus yuqtirib olganlar bilan muloqotda bo‘lmagan 20 yoshli qizda ham koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Davlat bosh sanitar shifokori kasallangan bemorlar ichida xorijda bo‘lib qaytmagan, xorijda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lmagan holatda virusni yuqtirib olgan 20 yoshli qiz borligini aytib o‘tgan.

Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, qiz xorijga chiqmagan, bemorlar bilan aloqada bo‘lmagan. Biroq u bilib-bilmagan holatda jamoat transportida yoki ish jarayonida umumiy foydalaniladigan buyumlar orqali kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, mazkur bemorning oilasidagilar ham tekshiruvdan o‘tkazilgan, ularda kasallik aniqlanmagan. Bahrom Almatov bu holat hammani hushyorlikka chaqirishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Bahrom Almatov koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari deyarli tuzalganini ma’lum qildi. Ular yana ikki marta tekshiruvdan o‘tkaziladi va 14 kunlik karantindan so‘ng uyiga javob beriladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalar. Kasallanganlar yosh kesimida: 0-9 yoshgacha — 4 nafar, 10-19 yoshgacha — 1 nafar, 20-40 yoshgacha — 27 nafar, 40-50 yoshgacha — 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha — 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lganlar esa 6 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

Avval Toshkent shahri hududi 24-martdan boshlab yopib qo‘yilgani, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgani, shuningdek, internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa, uzib qo‘yilmasligi, mamlakatda dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilishi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют