» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 18 tasi virusni xorijdan qaytgan 30 nafar fuqarodan yuqtirib olgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 18 tasi virusni xorijdan qaytgan 30 nafar fuqarodan yuqtirib olgan


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, virusni yuqtirib olgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning xabar berishicha, hozirda ushbu kasallikka chalingan 1 nafar 20 yoshli fuqaroning qaysi holatda ushbu infeksiyani yuqtirganligi aniqlanmoqda.

Mavzuga doir: Xorijda bo‘lmagan va kasallanganlar bilan gaplashmagan 20 yoshli o‘zbekistonlik qiz koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, xorijda bo‘lib qaytgan bir nafar fuqarodan uning 14 nafar oila a’zosi va yaqinlariga koronavirus yuqqan. Shuningdek, xorijda bo‘lib qaytgan er-xotindan ularning 7 nafar oila a’zosiga koronavirus o‘tgan. Vazirlik mazkur shaxslarning aynan qaysi davlatlardan kelganligiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati Parijdan 11-mart kuni uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan. Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22-martda ularning qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar haqida qo’shimcha ma’lumot berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetdi. Ulardan besh nafari tuzaldi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют