» » “Uyda o‘tir, qimirlama, bir qadam ham arima!”. Reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi (video)

“Uyda o‘tir, qimirlama, bir qadam ham arima!”. Reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi (video)


O‘zbekistonlik reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi. Kompozitsiya tinglovchini uyda o‘tirishga va koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikni targ‘ib qiladi.

Qo‘shiq haqiqatan ham reper Shakaning ijodiga mansub ekanini, jumladan, undagi mana bu so‘zlar isbotlaydi: “Virus chiqqan mahallada qilsang taralla-yalla, Lopatka yo ketmon bilan bir solaman kallangga”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 50 nafarga yetgan. Ulardan besh nafarining ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, sog‘aygani aytilmoqda.

Butun dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 400 mingdan oshib ketdi (uch kun avval kasallanganlar soni 300 ming edi), 18 mingdan ortiq odam esa virus qurboni bo‘ldi.

Mavzuga doir: Sizda hozir kun bo‘yi uyda o‘tirib, millat qahramoni bo‘lish imkoniyati bor. Uyda qoling



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 03:56)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют