» » Tanzila Norboyeva: “Karantin davrida boquvchisiz insonlar, ayniqsa, qariyalar qarovsiz qolmasligi zarur”

Tanzila Norboyeva: “Karantin davrida boquvchisiz insonlar, ayniqsa, qariyalar qarovsiz qolmasligi zarur”


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 24-mart kuni o‘z ishini boshlagani haqida xabar berilgandi. Senat raisi Tanzila Norboyeva majlisda so‘z olib, karantin davrida aholining zaif qatlamini o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik masalasiga e’tibor qaratdi.

“Hozirgi kunda karantin qoidalariga binoan barcha aholi o‘z uyida. E’tiboringizni bir aholi qatlamiga qaratmoqchiman, ya’ni yakka-yolg‘iz, boquvchisiz insonlar, ayniqsa, qariyalarni yoddan chiqarmaslik kerak. Ularning orasida turli xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab, kundalik ehtiyojlari uchun ishlab yurganlar bor. Hozir esa bu imkoniyatlari ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan mana shu toifadagi aholi qatlamlari, keksalarimiz qarovsiz qolmasligiga, ehtiyojmand insonlar yanada muhtoj bo‘lib qolmasligiga ahamiyat qaratmog‘imiz zarur. Ularga oziq-ovqat, dori-darmon masalalarida yordam tashkil etilsa, to‘g‘ri bo‘lar edi”, — deydi Senat raisi.

Tanzila Norboyeva aholini karantin davrida to‘y qilmaslikka va ma’rakalarni diniy idoralar tavsiyasiga asosan o‘tkazishga chaqirdi.

Senat raisi o‘quvchi va talabalar uchun televideniye orqali masofaviy o‘qishlar tashkil qilinganini olqishlab, xuddi shunday tartibda kasb-hunar o‘rgatishni ham yo‘lga qo‘yish mumkinligini ta’kidladi. Masalan, tomorqadagi ishlar, moliyaviy xizmatlardan foydalanish, biznes-reja tuzish va boshqa shu kabi oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mehnat turlari bo‘yicha onlayn o‘quvlar tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, Tanzila Noroboyeva senatorlar tashabbusi bilan koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga amaliy ko‘mak berish, kichkina bo‘lsa-da, hissa qo‘shish maqsadida “Mehr – shavqat va salomatlik” jamoat fondiga murojaat qilingani, ushbu fondda ikkilamchi bank hisob raqami ochilib, senatorlar ham o‘z hissasalarini qo‘shayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga doir: “Hozir parlament a’zolaridan faollik, mas’uliyat talab qilinadi”. Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash haqida

Avvalroq Senatning videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilayotgan 3-yalpi majlisida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют