» » Toshkent shahar IIBB fuqarolarni karantin talablariga bepisand bo‘lmaslikka chaqirdi (video)

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni karantin talablariga bepisand bo‘lmaslikka chaqirdi (video)


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini karantin talablariga bepisand munosabatda bo‘lmaslikka chaqirdi.

“Bugungi kunda barchamiz noxush epidemiologik vaziyat guvohi bo‘lmoqdamiz. Ushbu vaziyatni yengib o‘tish uchun har birimiz mulohaza qilib va uzoqni o‘ylab ish tutishimiz: bordi-keldilarni cheklab, ijtimoiy aloqalarni qisqartirishimiz zarur.

Qayd etish lozimki, umumiy farovonlik har birimizga bog‘liq. Gap muhim narsalar bo‘lmish — hayot va sog‘liq haqida ketganda, rejalar, uydan tashqaridagi ko‘ngilxushliklar, safarlar, muhim ishlar, ish yuzasidan yoki do‘stlar va qarindoshlar bilan uchrashuvlar ikkinchi darajali bo‘lishi kerak. Bugungi kunda barchamiz uchun salomatlikdan boshqa hech narsa ahamiyatga ega emas.

Men sizlardan vaqtinchalik cheklovlarni xotirjamlik bilan qabul qilishni va belgilangan talablarga rioya qilishni iltimos qilaman. Yuzaga kelgan noqulayliklar vaziyat talabi bo‘lib, noroziliklarga sabab bo‘lmasligi kerak, zero yangi talablar sizning hayotingizni asrash uchun yo‘lga qo‘yilgandir. Ushbu cheklovlar bizga koronavirus infeksiyasining tarqalishini to‘xtatishda va uni yengishda yordam beradi”, — deyiladi murojaatda.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarga uylarini zaruratsiz tark etmaslik, gigiyenaga rioya qilish zarurligini eslatgan va karantin qoidalarini buzganlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari odamlarni uyda qolishga chaqiruvchi chellenjga qo‘shildi (foto)

Eslatib o‘tamiz, 23-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar ogohlantirilmoqda. 25-martdan boshlab esa niqobsiz yurganlar jarimaga toriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют