» » Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari akademik Muxtor Saidov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari akademik Muxtor Saidov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari 20-mart kuni 89 yoshida vafot etgan akademik Muxtor Saidovning yaqinlariga ta’ziya bildirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Muxtor Saidov 1930-yil 21-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mang‘it shahrida tug‘ilgan. 1951-yilda Xorazm davlat pedagogika institutini tugatib, 1951—1954-yillarda Moskva davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 1954-yilda nomzodlik, 1970-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.

Muxtor Saidov o‘z mehnat faoliyatini 1954-yili Xorazm davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi sifatida boshlab, keyinchalik Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor o‘rinbosari, Elektronika institutining direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumi Fizika-matematika bo‘limining akademik-kotibi, “O‘zgeliotexnika” markazi rahbari kabi mas’ul vazifalarda samarali xizmat qilgan.

“Zahmatkash olimning yarimo‘tkazgichlar texnologiyasi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligiga yaxshi ma’lum. Uning bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelmoqda.

Jonkuyar ustoz, mohir pedagogning bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqqan.

Akademik Muxtor Saidovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U ‘O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi’ faxriy unvoni, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muxtor Saidovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют