» » Londondan qaytgan turkiyalik bokschi va murabbiyda koronavirus aniqlandi

Londondan qaytgan turkiyalik bokschi va murabbiyda koronavirus aniqlandi


Turkiyalik bokschi Serhat Gyuler va murabbiy Seyfulloh Dumlupinar koronavirusga yo‘liqdi, deya ma’lum qilmoqda Turkiya boks federatsiyasi.

Ularning har ikkisida Londonda o‘tgan Olimpiada saralash bosqichidan qaytganidan keyin ushbu kasallik aniqlangan. 14-mart kuni boshlangan litsenzion musobaqa 16-martga kelib Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) qarori bilan to‘xtatilgandi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya terma jamoasi murabbiylar shtabi va bokschilar 14 kunlik karantinga yuborilgan. Izolyatsiya vaqtida Gyuler va Dumlupinar yuqori tana haroratidan shikoyat qilgan, shundan keyin o‘tkazilgan qon tahlillari koronavirusga ijobiy natija bergan. Ma’lum bo‘lishicha, yana ikki nafar bokschida yuqori harorat qayd etilgan, biroq ularning tahlillari hali tayyor emas. Barcha sportchilar nazorat ostida ekani aytilmoqda.

Mavzuga doir: Rasman: Koronavirus sabab Tokio—2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют