» » Tramp karantinga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun amerikaliklarni ishga qaytarmoqchi

Tramp karantinga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun amerikaliklarni ishga qaytarmoqchi


Amerikaliklar COVID-19 koronavirusi tarqalganiga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun ishga qaytishiga to‘g‘ri keladi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Donald Tramp Fox News telekanalidagi efirda ma’lum qilgan.

“Biz ishga qaytishimiz lozim. Grippdan minglab odamlar vafot etmoqda. Lekin shu sababli mamlakatni hech qachon “o‘chirib” qo‘ymaganmiz. Avtohalokatlarda undan ham ko‘proq odam yo‘qotyapmiz va bunda avtomobil ishlab chiqaruvchilardan mashina ishlab chiqarishni to‘xtatishni so‘ramayapmiz”, — degan Donald Tramp.

Uning aytishicha, odamlar virusdan vafot etmoqda, lekin mamlakat retsessiya yoki tushkunlikka tushib qolsa, undan ham ko‘proq odam yo‘qotishi mumkin. Tramp AQSh “ishsiz qolish uchun yaratilmagani”ga ishonchi komilligini bildirgan va odamlar uyida qamalib o‘tirishni xohlamasligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorini sinab ko‘rilishini ma’lum qildi

Kuni kecha Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda Tramp yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sharoitida korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni hukumat keyingi haftaning boshida qabul qilishi mumkinligini aytgandi. “Amerika yana tez orada biznes uchun ochiladi. Juda oz fursatda, uch yoki to‘rt oydan ham ertaroq”, — degan edi AQSh prezidenti. Shuningdek, koronavirus tufayli yopilgan korxonalar 12-aprelga qadar o‘z ishini qayta tiklashiga umid bildirgan.

O‘tgan hafta AQSh hukumati fuqarolarga ijtimoiy aloqalardan tiyilishni, uydan ishlashni, oziq-ovqat mahsulotlarini uyga buyurtma qilishni va zaruratsiz 15 kun davomida ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgandi.

Hozirda dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshib ketdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha yuqori beshlikdan Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya va Germaniya joy olgan. AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha 52 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 677 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют