» » Shahzoda Charlz koronavirus yuqtirib oldi

Shahzoda Charlz koronavirus yuqtirib oldi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li, 71 yoshli Uels shahzodasi Charlzning koronavirusga topshirgan tahlil natijalari ijobiy chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Ushbu ma’lumotni qirollik rezidensiyasidagi vakil ham tasdiqlagan, shahzodada kasallikning juda zaif belgilari kuzatilmoqda, lekin shunga qaramay uning sog‘lig‘i joyida.

“Hukumat va tibbiyot tavsiyalariga asosan, shahzod va gersoginya (Kamilla Parker Boulz Konualskaya, shahzodaning rafiqasi) Shotlandiyadagi uyida karantinga olingan. Shahzodaning kimdan virusni yuqtirib olgani ma’lum emas, lekin oxirgi haftalarda omma oldiga ko‘p chiqqani va haddan ziyod ko‘p topshiriqlarni bajargani tufayli koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Vestministr rezidensiyasi axborotida.

Shahzoda Charlz qirolicha Yelizaveta II bilan 9-mart kuni uchrashgan, deya xabar bergan Reuters qirollik oilasidagi manbaga tayanib.

15-mart kuni The Sun nashri Yelizaveta II 12-martdayoq koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi sabab Bukingem saroyini tark etgan va Vindzor saroyiga ko‘chib o‘tgandi. Agar koronavirus yuqtirib olganlar soni ortib borsa, Yelizaveta II hamda uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp Norfolkdagi Sandringem saroyiga karantinga olinadi.

“Qirolichaning 94 yoshni qarshilashiga bir necha hafta vaqt qoldi va uning masalahatchilari qirolichani turli xavflardan muhofaza etishga harakat qilmoqda”, — deya qayd etgan The Sun’ga axborot bergan manba.

Yelizaveta II 3-mart kuni uzun oq qo‘lqoplar bilan omma oldida ko‘rinish bergan va tadbir Bukingem saroyida o‘tkazilgandi. Nashrning yozishicha, qirolicha avval bunday himoyalangan holda omma oldida chiqish qilmagan va bu koronavirus xavfidan darak bermoqda. Qirolicha so‘nggi bor 1954-yilda ushbu tadbirda qo‘lqop kiygan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 25-mart holati bo‘yicha Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 6654 nafarga yetgan, vafot etganlar soni esa 335 nafarni tashkil etgan.

Mavzuga doir:

Avval koronavirus xavfi sabab shahzoda Charlzning odamlar bilan qo‘l berib salomlashmayotgani, bu borada o‘ziga xos uslubda muloqot qilayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют